O‘zbekiston tibbiyot sohasiga $370 mln miqdordagi investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda

Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining $100 mln mablag‘i evaziga respublikadagi 230 ta tug‘ruq muassasasi uchun uskunalar sotib olinadi

O‘zbekiston tibbiyot sohasiga $370 mln miqdordagi investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025-yilda tibbiyot sohasiga davlat hisobidan 200 mlrd so‘m ajratilgan. Shuningdek, tibbiyotga $370 mln miqdoridagi xorijiy investitsiya kiritilishi mo‘ljallangan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi

Kecha, 20-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga tibbiyot muassasalarini jihozlash bo‘yicha rejalar bayon etildi.

Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining $100 mln mablag‘i evaziga respublikadagi 230 ta tug‘ruq muassasasi uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi.

Germaniyaning KfW bankining 30 mln yevro mablag‘i hisobiga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 tadan tibbiyot muassasasi yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi 862 ta uskuna bilan jihozlanadi. Yana shu bankning 13,5 mln yevro granti orqali Termiz shahrida o‘quv markazi, talabalar turar joyi quriladi. Bu markaz zamonaviy o‘quv-simulyatsiya va axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.

Matbuot xizmatining xabar qilishicha, o‘tgan yilda tibbiyotni yuqori texnologik uskunalar bilan ta’minlash uchun $200 mln xorijiy investitsiya, $94 mln grant jalb qilindi.

Davlat rahbari jihozlash bu masalaning faqat bir qismi ekani, ularda ishlay oladigan malakali mutaxassislarni hozirdan tayyorlash kerakligini ta’kidladi. Tegishli muassasalardagi shifokor va hamshiralarni qo‘shimcha o‘qitish vazifasi qo‘yildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 2024-yilda $1,5 mlrdlik meva-sabzavot eksport qildi
/
O‘zbekiston 2024-yilda $1,5 mlrdlik meva-sabzavot eksport qildi
Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
/
Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
O‘zbekistonda dollar kursi 13 000 so‘mga yaqinlashmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi 13 000 so‘mga yaqinlashmoqda