Xitoyning “Tianjin Rail Transit Group“ kompaniyasi O‘zbekistonning metro va temir yo‘l loyihalaridaga qiziqish bildirdi

Kompaniya Toshkent - Samarqand magistrali bo‘yicha loyihalarni o‘rganib chiqib, o‘z takliflarini taqdim etadi

Xitoyning “Tianjin Rail Transit Group“ kompaniyasi O‘zbekistonning metro va temir yo‘l loyihalaridaga qiziqish bildirdi

14-may kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Xitoyning “Tianjin Rail Transit Group“ kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Yunkan Mа bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Xitoy tomoni mavjud metro liniyalarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish, shuningdek, Toshkent – Samarqand yangi temir yo‘l liniyasini barpo etish loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Kompaniya mazkur loyihalarni batafsil o‘rganish asosida o‘z takliflarini taqdim etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Vazirlik vakili ikki yirik loyiha — Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li hamda Transafg‘on koridorini qurish rejalarini tanishtirdi. U, shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlarni jalb etish borasida hamkorlikka katta qiziqish borligini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi