«Tesla»ning daromadi so’nggi besh yil ichida eng past darajaga tushdi

Daromadning pasayishi avtomobil narxlarining pasayishi va AI loyihalari xarajatlarining oshishi bilan bog'liq

«Tesla»ning daromadi so’nggi besh yil ichida eng past darajaga tushdi

AQShning «Tesla» kompaniyasi ikkinchi chorakdagi sof daromadi $1,48 mlrdni tashkil etganini ma’lum qildi. Bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan yarmiga teng va so’nggi besh yil ichida eng past ko’rsatkichdir. Bu haqda «Reuters» xabar bermoqda.

Ushbu pasayish kompaniyaning talabni oshirish uchun o’z avtomobillarining narxlarini pasaytirishi va sun’iy intellekt loyihalari xarajatlarini oshirishi bilan bog’liq. Daromad $25,5 mlrdni tashkil etdi, bu o’tgan yilgi prognozlar va natijalardan biroz yuqori.

Biroq, har bir aksiya uchun tuzatilgan daromad $0,52ni tashkil etdi, bu kutilganidan 17% past. «Tesla» ketma-ket to’rtinchi chorakda daromad maqsadlarini bajarmayapti.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
/
Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
/
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi
/
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi