ILMA: Temu ro‘yxatdan o‘tgani avvalgi davr uchun QQS to‘lashdan ozod etmaydi

Marketpleys, shuningdek, har bir xarid uchun fiskal cheklar berilishini ta’minlashi kerak

ILMA: Temu ro‘yxatdan o‘tgani avvalgi davr uchun QQS to‘lashdan ozod etmaydi

Avval xabar berilganidek, Temu marketpleysi yuridik shaxs — O‘zbekiston rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. 

Soliq qo‘mitasi keyinchalik holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

“Biroq, o‘tgan davrlar uchun marketpleys bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilinadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Ammo 20-mart kunidagi Xitoyning Temu marketpleysining O‘zbekistonda ehtimoliy bloklanish sanasi o‘z kuchida qolmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) elektron tijorat bo‘limi boshlig‘i Kamronbek Muhammadiyev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Temuning mamlakatda ro‘yxatdan o‘tishi faoliyatini davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan qadamlardan biri xolos. 

“Temu yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazdi, ammo bu uni qonunning boshqa majburiy talablarini bajarishdan ozod etmaydi. Xususan, kompaniya ro‘yxatdan o‘tishgacha bo‘lgan davr uchun soliq to‘lashi va fiskalizatsiyadan o‘tishi — fiskal cheklarni berish uchun soliq qo‘mitasining axborot tizimlari bilan integratsiyalashishi kerak”, — deya tushuntirdi Muhammadiyev.

Xususan, Temu yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar O‘zbekistondagi faoliyati davomida qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lashi shart.

“Yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish fakti ularni avvalgi butun davr uchun QQS to‘lashdan ozod etmaydi. Bu mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha elektron tijorat subyektlari uchun standart amaliyot”, — ta’kidladi Muhammadiyev.

Yana bir majburiy talab — operatsiyalarni fiskallashtirish. Temu Milliy soliq xizmati axborot markazi bilan integratsiyalashishi va har bir xarid uchun fiskal cheklar berilishini ta’minlashi kerak.

“O‘zbekistondagi har qanday elektron tijorat subyekti fiskal kvitansiyalarni berishi shart. Bu aylanma va soliq solinadigan bazani hisobga olish uchun zarur”, — dedi u.

Temu mobil ilovasi o‘tgan yil oxiridan beri O‘zbekistondagi eng ommabop ilovalar qatoriga kiradi. Masalan, hozirda Xitoy marketpleysi App Store do‘konida ikkinchi o‘rinni egallasa, Google Play’da yetakchilik qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sentabr oyidan “Wizz Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonda faoliyatini to‘xtatadi
/
Sentabr oyidan “Wizz Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonda faoliyatini to‘xtatadi
Prezident farmoni bilan bir nechta davlat idoralari xodimlari lavozimlari o‘zgartirildi
/
Prezident farmoni bilan bir nechta davlat idoralari xodimlari lavozimlari o‘zgartirildi
Prezident Administratsiyasida 284 ta shtat qisqartirildi
/
Prezident Administratsiyasida 284 ta shtat qisqartirildi