Mamlakatda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 7,5 trln so‘mdan oshdi

O‘tgan yilga nisbatan bozor deyarli 15% ga o‘sgan

Mamlakatda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 7,5 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylari davomida ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 7,7 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 14,4% o‘sishni qayd etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mutaxassislar bashoratiga ko‘ra, joriy yil yakunida mamlakat telekommunikatsiya bozori hajmi 24,1 trln so‘mgacha yetadi. 2027-yilga kelib esa, telekommunikatsiya sohasining daromadi taxminan 30 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Keyingi ikki yil ichida o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 11,9% atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Bozor rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida 5G tarmoqlarining ishga tushirilishi, IT-kompaniyalar sonining ko‘payishi va boshqa qulay omillar qolmoqda. Bu esa mamlakatda telekommunikatsiya sohasini yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi