Telegram Wallet’da AQSH kompaniyalari aksiyalarini sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi

xStocks tizimi orqali tokenlashtirilgan aktivlarga sarmoya kiritish minimal miqdori 1 USDTdan boshlanadi

Telegram Wallet’da AQSH kompaniyalari aksiyalarini sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda Telegram Wallet orqali AQSH kompaniyalarining tokenlashtirilgan aksiyalarini xarid qilish imkonini beruvchi xStocks loyihasining yopiq pilot bosqichi ishga tushirildi. Bu haqda servis matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tizim orqali Apple, Tesla, Nvidia kabi kompaniyalar aksiyalarining tokenlashtirilgan shaklini sotib olish mumkin. Katalogda 60 dan ortiq kompaniya, jumladan Microsoft, Amazon, McDonald’s, Coca-Cola hamda S&P 500 indeksi mavjud.

Tokenlashtirilgan aktivlarga investitsiya kiritish uchun minimal summa 1 USDTni tashkil etadi. Savdolar 24/7 rejimida amalga oshiriladi. Aktiv egalari tegishli kompaniya siyosatiga muvofiq dividend ham olishi mumkin, biroq ushbu instrumentlar aksiyadorlik huquqini bermaydi.

Xizmatdan foydalanish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda: foydalanuvchilar kutish ro‘yxati orqali tizimga ulanadi. Navbatga qo‘shilib, aktiv sotib olgan ilk 1000 nafar foydalanuvchiga 10 USDT miqdorida bonus berilishi rejalashtirilgan.

Telegram Wallet xizmati O‘zbekistonda 2025-yil dekabrida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi litsenziyasi asosida ishga tushirilgan. Platforma 200 dan ortiq token bilan operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda hisobni Humo, Visa yoki Mastercard kartalari orqali to‘ldirish imkonini beradi. To‘lovlar xavfsizligi va texnik integratsiyani “Asterium” kompaniyasi ta’minlaydi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda kriptovalyutalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olinmagan. Shu sababli ularni tovar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida ishlatish taqiqlangan. Mutaxassislar raqamli aktivlarning yuqori volatilligi sabab investitsiya qarorlarini ehtiyotkorlik bilan qabul qilish zarurligini eslatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonga kirayotgan qoraytirilgan oynali xorijiy avtomobillar uchun yig‘im tartibi soddalashtirildi
/
O‘zbekistonga kirayotgan qoraytirilgan oynali xorijiy avtomobillar uchun yig‘im tartibi soddalashtirildi
Sirdaryoga 2026-yilda $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
/
Sirdaryoga 2026-yilda $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida ruxsat berish jarayonlari 1,5 baravargacha qisqartiriladi
/
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida ruxsat berish jarayonlari 1,5 baravargacha qisqartiriladi