«Telegram» botlar orqali xarid qilish uchun raqamli valyutasini taqdim etadi

12 iyundan boshlab «Telegram» platformasida raqamli tovarlar va xizmatlar uchun pul to'lash «Stars»da talab qilinadi

«Telegram» botlar orqali xarid qilish uchun raqamli valyutasini taqdim etadi

«Telegram» messenjeri botlarda raqamli tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish uchun «Stars» ichki valyutasini taqdim etadi.

Oldin foydalanuvchilar «Telegram»dan tashqari botlar va mini-ilovalarda tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega edilar. Biroq, «Apple» bunday operatsiyalarni «App Store»ning ichki to’lovlar bilan bog’liq qoidalarini buzgan deb hisobladi.

12-iyundan boshlab botlar va mini-ilovalardagi barcha foydalanuvchi to’lovlari faqat «Telegram Stars» yordamida amalga oshiriladi. Bot va mini-ilovalarni ishlab chiquvchilar istalgan vaqtda TON’da «Telegram Stars»ni chiqarishlari mumkin.

Ta’kidlanishicha, ushbu sxemani amalga oshirish «Telegram» uchun zaruratga aylandi, aks holda botlarning aksariyati o’z faoliyatini to’xtatadi — ular «App Store» va «Google Play»dan yuklab olingan messenjer versiyalarida mavjud bo’lmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent — Andijon yo‘nalishida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
/
Toshkent — Andijon yo‘nalishida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Qashqadaryoda yangi shahar bosh rejasini ishlab chiqish uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi
/
Qashqadaryoda yangi shahar bosh rejasini ishlab chiqish uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi
Qahramonjon Olimov Parijdagi o‘g‘irlash va Interpol qidiruvi haqida birinchi marta bayonot berdi
/
Qahramonjon Olimov Parijdagi o‘g‘irlash va Interpol qidiruvi haqida birinchi marta bayonot berdi