Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi

G‘arb sanksiyalari sabab Rossiya investorlariga tegishli obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmayapti

Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi

Telegram kompaniyasining Rossiya investorlariga tegishli qariyb $500 mln miqdoridagi obligatsiyalari Rossiyaning Milliy hisob-kitob depozitariysi (NSD/NRD) da muzlatib qo‘yildi. Bunga G‘arb davlatlari tomonidan Rossiya moliyaviy infratuzilmasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Telegram 2021-yildan buyon $4 mlrddan ortiq obligatsiyalar joylashtirgan. Shundan $1,7 mlrd 2025-yil may oyida chiqarilgan bo‘lib, avvalgi qarz majburiyatlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. Ushbu joylashtirish 2026-yilda muddati tugaydigan obligatsiyalarni sotib olishni nazarda tutgan.

Muzlatib qo‘yilgan $500 mln — bu hali qaytarib olinmagan va 2026-yilda muddati yetadigan obligatsiyalarning Rossiya investorlariga tegishli qismi hisoblanadi. 2022-yildan keyin Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya sanksiyalari sabab G‘arb moliya institutlariga Rossiya depozitariylari bilan ishlash taqiqlangan.

Moliyaviy ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Telegram 2025-yilning birinchi yarmida $870 mln daromad olgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 65% o‘sishni anglatadi. Kompaniya yil yakuniga qadar daromadni $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda. O‘sishga pullik obunalar, reklama va TON ekotizimi bilan bog‘liq bitimlar asosiy hissa qo‘shgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
/
O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
/
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi