Paynet Xolis tadbirkorlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda

So‘nggi haftalarda ijtimoiy tarmoqlar va internet maydonida tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan raqamli xizmatlar mavzusi faol muhokama qilinmoqda

Paynet Xolis tadbirkorlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda

Ushbu jarayonda turli fikrlar, jumladan, qarama-qarshi va ayrim hollarda noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumotlar ham uchramoqda. Bu esa tadbirkorlar hamjamiyatida qo‘shimcha savollar va muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Paynet kompaniyasi — Xolis raqamli platformasining ishlab chiqaruvchisii va operatori sifatida — ushbu vaziyatga faol va ochiq yondashmoqda. Kompaniya o‘z faoliyatida shaffoflik, ochiqlik va auditoriya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ustuvor tamoyillar deb biladi hamda tadbirkorlar bilan ishonchli aloqani mustahkamlashni muhim deb hisoblaydi.

Shu maqsadda Paynet ommaviy kommunikatsiyani kuchaytirib, Xolis’ning rasmiy Telegram kanalini ishga tushirdi. Ushbu platformada loyiha vakillari tadbirkorlar va foydalanuvchilarning savollariga ochiq formatda javob berib, dolzarb mavzular bo‘yicha aniq va batafsil tushuntirishlar bermoqda. Bu esa tadbirkorlarga ishonchli, tasdiqlangan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbadan olingan axborotdan foydalanish imkonini yaratadi.

Paynet Xolis jamoasi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotga tayyor ekanini va barcha manfaatdor tomonlar bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirishini ta’kidlaydi.

Telefon: 1891

Telegram: @paynet_xolis_info

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soʻzlardan harakatlar tomon: CDTI va Uzcard maxsus narxda “Qulay terminal” dasturini ishga tushirdi 
/
Soʻzlardan harakatlar tomon: CDTI va Uzcard maxsus narxda “Qulay terminal” dasturini ishga tushirdi 
O‘zbekiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi UzCars.uz saytini 2025-yilning eng yaxshi avtomobil ommaviy axborot vositasi deb topdi
/
O‘zbekiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi UzCars.uz saytini 2025-yilning eng yaxshi avtomobil ommaviy axborot vositasi deb topdi
Yandex Uzbekistan taksi biznesidagi hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini kengaytirdi
/
Yandex Uzbekistan taksi biznesidagi hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini kengaytirdi