O‘zbekistonga 9 oyda 3,2 mln dona telefon import qilindi

Import hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7,4% ga oshdi

O‘zbekistonga 9 oyda 3,2 mln dona telefon import qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakatga 3,2 mln dona mobil telefon import qilingan. Ularning umumiy qiymati $370,8 mlnni tashkil etadi.

Statistikaga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 219,9 ming donaga yoki 7,4% ga oshgan.

Eng ko‘p telefon Xitoydan olib kelingan — 2,48 mln dona. Shuningdek, Vetnamdan 619,2 mingt, Birlashgan Arab Amirliklaridan 65,3 mingta, Hindistondan 31,8 mingta, Koreyadan esa 4,8 mingta telefon import qilingan. Boshqa davlatlardan jami 2,2 ming telefon olib kirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
/
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi