“TBC Uzbekistan” ning sof foydasi yarim yil ichida 30% ga o‘sdi

Bank kredit portfelini 2,1 barobar, omonatlarni esa 93% ko‘paytirdi

“TBC Uzbekistan” ning sof foydasi yarim yil ichida 30% ga o‘sdi

“TBC Uzbekistan” ning sof foydasi dastlabki olti oyda 30% ga o‘sib, 254 mlrd so‘mga yetdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kapital.uz’ga xabar berdi.

Operatsion daromadi 1,54 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori bo‘ldi. Ushbu davrda “TBC Uzbekistan” ning butun guruh operatsion daromadidagi ulushi 21% ni, sof foydadagi ulushi esa 8% ni tashkil etdi.

30-iyun holatiga ko‘ra, kredit portfeli 11,44 trln so‘mga yetdi, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan (5,38 trln so‘m) 2,1 barobar ko‘pdir. Bank mamlakat chakana bozorida sezilarli o‘rinni egallaydi: jismoniy shaxslarni kreditlash segmentida uning ulushi 5,1% ni, ta’minlanmagan iste’mol kreditlarida esa 16,5% ni tashkil etadi. Shu bilan birga, “TBC Bank Group” ning barcha ta’minlanmagan iste’mol kreditlarining 54%i uning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yil davomida omonatlar hajmi 93% ga o‘sib, o‘tgan yilgi 3,23 trln so‘mga nisbatan 6,23 trln so‘mni tashkil etdi, bu O‘zbekistondagi barcha jismoniy shaxslar omonatlarining 4,1%iga teng. “TBC Bank Group” ning jismoniy shaxslar omonatlari portfelida TBC Uzbekistan ulushi 13% ga yetdi.

Bankning raqamli ekotizimi kengayishda davom etdi. Foydalanuvchilar soni 20,8 mln nafarga yetib (yillik o‘sish 31%), oylik faol mijozlar soni esa 5,7 mlnga (+19%) ko‘paydi. Payme raqamli to‘lovlar platformasi faol hamkorlar sonini 58% ga oshirib, 10 mingtaga yetkazdi.

Bundan tashqari, “TBC Uzbekistan” o‘tgan yil oxirida muomalaga chiqarilgan debet va kredit kartalariga barqaror talabni qayd etdi. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, 30-iyunga kelib chiqarilgan Salom Card debet kartalari soni 516 mingtani tashkil etib, bu TBC Bank omonat portfelining 1,9%iga teng bo‘ldi. Osmon Card kredit kartalari soni 69 mingtaga yetdi, ularning bank kredit portfelidagi ulushi 3,7% ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xususiy sektorni ishchi kuchi bilan ta’minlash uchun yangi tizim yaratiladi
/
O‘zbekistonda xususiy sektorni ishchi kuchi bilan ta’minlash uchun yangi tizim yaratiladi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
Janubiy Koreyaning “KDHC” kompaniyasi Yangi Toshkent isitish tizimi uchun texnologiyalar taqdim etadi
/
Janubiy Koreyaning “KDHC” kompaniyasi Yangi Toshkent isitish tizimi uchun texnologiyalar taqdim etadi