ILMA “TBC Sugu’rta” ga litsenziya berdi
Kompaniya barcha turdagi sug’urta faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2025-yil 7-martdagi tegishli qaroriga asosan “TBC SUG‘URTA” AJ ga hayotni sug‘urta qilish sohasidagi I, II, III, IV, V, VI va VII klasslar hamda umumiy sug‘urta sohasidagi 1, 2 va 18 klasslar bo‘yicha ixtiyoriy shaklda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish yuzasidan lisenziya berildi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Ayni vaqtda ILMA’ning rasmiy sahifasida sug’urta kompaniyasi haqida batafsil ma’lumotlar mavjud emas.
O‘tgan yilning iyul oyida “TBC Bank” “Qulay Insurance” sug’urta kompaniyasini tashkil etgandi. Kompaniya sug’urtalash bilan shug’ullanadi va uning ustav kapitali 22 mlrd so’mni tashkil etadi.
Kapital.uz joriy yilning fevral oyida “TBC Bank” 128 mlrd so‘mlik qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqargani haqida xabar bergandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ