“TBC Bank Uzbekistan”ning sof foydasi yarim yil ichida 195 mlrd so’mdan oshdi

Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 80%ga oshdi

“TBC Bank Uzbekistan”ning sof foydasi yarim yil ichida 195 mlrd so’mdan oshdi

Joriy yilning 30 iyun holatiga ko’ra, “TBC Uzbekistan” kredit portfeli 5 trln so’mga yetdi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 117%ga ko’pdir. Bu haqda “Kapital.uz”ga kompaniyaning matbuot xizmati xabar berdi.

2024-yil 1-iyun holatiga ko’ra, uning naqd pul va mikrokreditlar segmentidagi ulushi 16% ni tashkil etdi. 

”TBC Uzbekistan” 30 iyun holatiga ko’ra guruhning iste’mol kreditlari umumiy hajmining 44%ni egallab, “TBC Bank Group PLC” natijalariga katta hissa qo’shmoqda. 

Depozitlar hajmi 3,2 trln so’mgacha oshdi, ularning ko’rsatkichi 61%ga oshdi va O’zbekistondagi depozitlar umumiy hajmining 3%ni tashkil etdi. “TBC Uzbekistan”ning “TBC Bank Group” jismoniy shaxslar depozitlari portfelidagi ulushi 8%ni tashkil etdi. 

Yilning birinchi yarmida kompaniyaning sof foydasi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 81%ga o’sib, 196 mlrd so’mga yetdi.

“TBC Uzbekistan” “TBC Bank Group” sof foydasining 7%ni tashkil etdi. Kapitalning rentabelligi (ROE) ikkinchi chorakda 28% va yilning birinchi yarmida 26%ni tashkil etdi. Sof foiz marjasi (NIM) ikkinchi chorakda 24,3% va yilning birinchi yarmida 23,8%ga etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi