Ulug‘bek Tavakkalov “Madad Invest Bank” boshqaruvi raisi lavozimini tark etdi
Uning o’rniga boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
Ulug‘bek Tavakkalov “Madad Invest Bank” boshqaruvi raisi lavozimidan ketdi. Aprel oyida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlar kelishuvi bilan bekor qilingan.
Tavakallov lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra ketganini va hozirda “mybank” maslahatchisi lavozimida ishlayotganini ma’lum qildi.
O’rniga esa boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Safarali Raxmatullayev vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Tavakkalov ushbu lavozimga qadar 2021-yilning may oyidan buyon “Tenge Bank” boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan. Shuningdek, 18 yil davomida “O‘zsanoatqurilishbank»da turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ