O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $65 mlrddan oshdi

Bu o‘tgan yilga nisbatan 3,8% ga yuqori hisoblanadi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $65 mlrddan oshdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $65,9 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida erishilgan ko‘rsatkichlar 2023-yilga nisbatan 3,8% ga yuqori hisoblanadi. 

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $26,9 mlrdni (+8,4%), import esa $39,0 mlrdni (+0,8%) tashkil qilmoqda.

Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda, u bilan tovar ayirboshlash ulushi 18,9% ni tashkil etdi, ikkinchi o‘rinda Rossiya (17,6%) va Qozog‘iston (6,5%) joy olgan.

Dekabr oyi natijalariga ko’ra, oltin eksporti $854 mlnga yetdi va noyabrdagi tanaffusdan keyin qayta tiklandi. Umuman olganda, 2024-yilda qimmatbaho metallar savdosi $7,5 mlrdni tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 8,2% ga kamaygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Urganch – Qo‘ng‘irot – Urganch” yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
/
“Urganch – Qo‘ng‘irot – Urganch” yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
Shvetsariya hukumati Usmonovning aktivlarining bir qismini blokdan chiqardi
/
Shvetsariya hukumati Usmonovning aktivlarining bir qismini blokdan chiqardi
BAA kompaniyasi “Chorsu Real-Estate Development” MCHJ XKning 100% lik ulushlarini sotib oldi
/
BAA kompaniyasi “Chorsu Real-Estate Development” MCHJ XKning 100% lik ulushlarini sotib oldi