O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi $54,4 mlrdga yetdi

Bu ko’rsatkich o’tgan yilgiga nisbatan 6,7%ga oshgan

O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi $54,4 mlrdga yetdi

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $54,4 mlrdni tashkil etdi, bu o’tgan yilning shu davriga qaraganda 6,7%ga ko‘p. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Jumladan, respublikada eksport hajmi 9,6%ga oshib, qariyb $22,4 mlrdni, import hajmi esa 4,7%ga ko’tarilib, $31,9 mlrdni tashkil etdi. Natijada, $9,4 mln qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi

Shuningdek, Xitoy tashqi savdoning 18,8%i ya’ni $10,2 mlrdlik tovar aylanmasi bilan respublikaning eng yirik savdo hamkoriligicha qolmoqda. Keyingi oʻrinda Rossiya $9,6 mlrd (17,8%) yetakchilik qilmoqda. Uchinchi o‘rinda esa Qozog’iston savdo hajmi $3,4 mlrd (6,3%) bilan, to’rtinchi o‘rinda Turkiya  $2,4 mlrd (4,5%) va Koreya $1,4 mlrd (3%) ko’rsatkich qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Germaniya va Turkmaniston egallagan.

Hozirda O‘zbekiston dunyoning 194 ta davlati bilan savdo aloqalarini olib bormoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi