“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga 15-iyuldan start beriladi

Ovoz berish bosqichi esa 22-avgustdan boshlanadi va mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga 15-iyuldan start beriladi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi.

Bunda:

  • Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul — 3-avgust;
  • Saralash bosqichi — 4−18-avgust;
  • Targ‘ibot bosqichi — 19−21-avgust;
  • Ovoz berish bosqichi — 22−31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 20-mart kuni O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet”ning 2025-yil 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni yakuniga yetgandi. 1-mavsumda fuqarolar tashabbuslari 10 mlndan ortiq ovoz to‘pladi. Maktablar, yo‘llar va boshqa obyektlarni ta’mirlash bo‘yicha 2,3 mingdan ortiq loyihaga 3,2 trln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

“Ochiq budjet” portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, aholidan 1-mavsumda 28 ming 399 ta tashabbus kelib tushgan, ulardan 23 ming 457 tasi saralashdan o‘tgan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 2,369 ta loyiha (avvalgi mavsumda 1,772 ta edi) g‘olib deb topilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega — Markaziy bank
2024-yilda Yandex Go tufayli o‘zbekistonliklar $530 mln ishlab topishdi
/
2024-yilda Yandex Go tufayli o‘zbekistonliklar $530 mln ishlab topishdi
Ipotekani subsidiyalash uchun arizalar berish 10-iyuldan boshlanadi
/
Ipotekani subsidiyalash uchun arizalar berish 10-iyuldan boshlanadi