Oʻzbekistonda ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlarini davlat qoplab beradi

Toʻlovlar tegishli vazirliklarga ajratilgan birinchi darajali byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi

Oʻzbekistonda ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlarini davlat qoplab beradi

Vazirlar mahkamasining ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari davlat byudjetidan qoplab berishni nazarda tutuvchi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu imtiyozdan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. Toʻlovlar talaba grant yoki kontrakt asosida oʻqishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.

Bunda talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi boʻlmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Toʻlovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Toʻlovlar 2026-yilda tegishli vazirlik va idoralarga ajratilgan birinchi darajali byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. 2027-yildan boshlab esa ular byudjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etiladigan byudjet soʻrovnomalari asosida qayd etiladi.

Avvalroq, respublikada talabalar uchun kontrakt toʻlovini ish beruvchi tomonidan qoplab berish tartibi belgilangan.

Bunda tegishli nizom bakalavriat yoʻnalishida ikki va undan yuqori kursda oʻqiyotgan talabalarning oʻqishi uchun shartnoma toʻlovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish hamda ularning taʼlimi yakunlangach ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar 2025-yilda 181,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi
/
O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar 2025-yilda 181,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi
Turkiya “Akkuyu” AES qurilishiga 1,5 ming nafar o‘zbekistonlikni jalb etadi
/
Turkiya “Akkuyu” AES qurilishiga 1,5 ming nafar o‘zbekistonlikni jalb etadi
O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzoladi
/
O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzoladi