O‘zbekistonda taksi haydovchilariga litsenziya berishda hudud hisobga olinadi

Bir hududda ro‘yxatdan o‘tgan transport vositasi faqat shu hududda ishlashi mumkin

O‘zbekistonda taksi haydovchilariga litsenziya berishda hudud hisobga olinadi

Endilikda O‘zbekistonda taksi haydovchilariga litsenziya beruvchi tashkilot endilikda har bir haydovchiga litsenziya berishda hudud hisobga olinadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov Daryo nashriga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Telegram messenjeridagi kanallarda “Hamma o‘zining viloyatida taksi qiladigan jarayonga ham yetib kelibmiz”, deb nomlangan video tarqalgan.

Xullas, ko‘pchik hozir “Litsenziya olamiz, Toshkentda ishlaymiz”, desa, “otmen” beryapti. Haydovchi litsenziya oladigan bo‘lsa o‘zining hududida ishlaydigan qilib qo‘yishibdi. Misol uchun 01 — Toshkent nomeri. Ular Toshkentda ishlaydi. Andijonliklar Andijonda, qoraqalpog‘istonliklar Qoraqalpog‘istonda, qashqadaryoliklar Qashqadaryoda, — deydi video muallifi.

Transport vazirligi vakili mazkur xabarni tasdiqladi va ayni kunda jarayon amalga oshirilayotganini aytdi.

Uning aytishicha, bu tartib kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolmagan. 2011-yilda aynan mana shu yo‘nalishli taksilar faoliyatini tartibga soluvchi 139-sonli qaror chiqarilgan. O‘sha qaror bilan tasdiqlangan nizomda yo‘nalishli taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning faoliyat yuritishi uchun qo‘yilgan talablar bor. O‘sha nizomning 5-bob 9-bandida haydovchi yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksida tashishni litsenziya kartochkasida belgilangan hududda amalga oshiriladi deb yozilgan. Bu qaror hozir o‘zining kuchini yo‘qotgan. Mazkur qaror o‘rnini bosuvchi 2025-yilda chiqqan qarorga ko‘ra, haydovchining o‘z hududida, yaʼni litsenziya kartochkasida ko‘rsatilgan hududda faoliyat olib borishi belgilab qo‘yildi.

Yaʼni haydovchi faoliyatini o‘sha litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud va unga tutash hududda olib boradi. Masalan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 01 kod bilan boshlanuvchi davlat raqamli transport vositasi Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududida taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Xuddi shuningdek, viloyatlarniki ham xuddi shunaqa bo‘ladi, — deydi vazirlik axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Belarusda firibgar call-markazlar faoliyati to‘xtatildi
/
O‘zbekiston va Belarusda firibgar call-markazlar faoliyati to‘xtatildi
YTTB sug‘orish stansiyalari modernizatsiyasi uchun $250 mlngacha suveren kredit ajratadi
/
YTTB sug‘orish stansiyalari modernizatsiyasi uchun $250 mlngacha suveren kredit ajratadi
“China State Construction” Toshkent viloyatida sanoat zonasini tashkil etish va yo‘l qurilishi bilan shug‘ullanadi
/
“China State Construction” Toshkent viloyatida sanoat zonasini tashkil etish va yo‘l qurilishi bilan shug‘ullanadi