O‘zbekistonda marketpleysda ishlovchi eksportchilardan QQS olinmasligi mumkin

Taklif qilinayotgan tartib faqat qiymati $5 mingdan kam bo‘lgan tovarlarni sotayotgan tadbirkorlarga tegishli

O‘zbekistonda marketpleysda ishlovchi eksportchilardan QQS olinmasligi mumkin

2025-yil 30-may kuni Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda elektron hisobvaraq-fakturalar tizimiga oid 11 ta takliflardan 8 tasi to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, bittasi qisman ma’qullandi, ikkitasi esa tasdiqlanmadi.

Qabul qilingan qarorlar orasida quyidagilar bor:

  • 489-sonli VMQni elektron hujjat aylanishining zamonaviy talablarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish;
  • ayrim faoliyat turlari uchun keyingi oyning 10-sanasigacha hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish imkoniyatini tiklash;
  • yil yakunlangandan so‘ng hujjatlarga tuzatish kiritishga ruxsat berish;
  • haqiqiy bo‘lmagan bitimlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish;
  • soliq solishning maxsus tartibi qo‘llaniladigan operatsiyalar uchun alohida shakllarni joriy etish;
  • rad etilgan hujjatlarni qayta yuborish jarayonini soddalashtirish.

Bundan tashqari, internet-marketpleyslar orqali qiymati $5 mingdan kam bo‘lgan tovarlarni sotayotgan eksportchilar uchun QQSning nol stavkasini qo‘llash masalasi muhokama qilindi.

Rais o‘rinbosari J.Abdiyev rivojlanayotgan elektron tijoratni qonuniylashtirish va soliq tushumlarini oshirish uchun yechimlar haqida ma’lumot berdi.

Boshqa daromadlar va xarajatlar bo‘yicha bir tomonlama hisobvaraq-fakturalarni boshqa elektron hujjatlar bilan almashtirish taklifi ma’qullandi. Elektron ishonchnomani rasmiylashtirishni soddalashtirish tartiblari yuristlar bilan takomillashtiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
/
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi