Tailand 15 iyuldan boshlab O’zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi

Ushbu chora barcha chegara postlari orqali qo'llaniladi

Tailand 15 iyuldan boshlab O’zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi

Tailand O’zbekiston va yana 92 mamlakat fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz rejimni joriy etdi. Bu haqda «Dunyo» xabar beradi.

15 iyuldan boshlab Tailandda O’zbekiston va yana 92 mamlakat fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz rejim joriy etildi. Ushbu chora barcha chegara postlari orqali qo’llaniladi va Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rag’batlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etilgan. Kelajakda ushbu rejimni bekor qilish mumkin.

Ayni paytda O’zbekiston va Tailand o’rtasida o’zaro vizasiz rejim to’g’risida hukumatlararo bitim tuzish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq, O’zbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida sayyohlik vizasini 15 kun davomida $60ga olishlari mumkin edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
/
O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi
/
O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi
O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi
/
O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi