Tadbirkorlarga o‘z obyektlari yonidagi yerlarni auksionsiz ijaraga olishga ruxsat berildi

1-oktabrdan binolardan 5 metrgacha bo‘lgan yerlarni bir yilga ijaraga olish imkoniyati paydo bo‘ladi

Tadbirkorlarga o‘z obyektlari yonidagi yerlarni auksionsiz ijaraga olishga ruxsat berildi

2025-yil 31-iyulda Vazirlar Mahkamasi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tutash hududlardan mavsumiy foydalanish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorni qabul qildi.

Mazkur hujjat Prezidentning 2024-yil 30-avgustdagi farmoniga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, ilgari uzoq muddatli kelishuvlardan so‘nggina foydalanish mumkin bo‘lgan qo‘shni yer uchastkalariga tadbirkorlarning kirishini osonlashtirishga qaratilgan.

2025-yil 1-oktabrdan boshlab tadbirkorlar o‘z bino va inshootlariga tutash yer uchastkalarini, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarining doimiy foydalanishidagi yerlarni ham ijaraga olish huquqiga ega bo‘ladi (maktablar va tibbiyot muassasalari huzuridagi hududlar bundan mustasno).

Yangi tartib quyidagilarni nazarda tutadi:

  • auksionsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish — agar uchastka tadbirkorning obyektiga tutash bo‘lsa;
  • ijara muddati – uzaytirish imkoniyati bilan bir kalendar yil;
  • ijara haqi – yer solig‘i stavkasining 3 baravarigacha miqdorida;
  • shartnomalarni Soliq qo‘mitasi nazoratidagi elektron tizim orqali rasmiylashtirish.

Ilk bor yagona qoidalar o‘rnatildi, xususan:

  • obyektlar faqat tasdiqlangan sxemalar asosida va arxitektura dizayn-kodiga muvofiq joylashtiriladi;
  • kelishilmagan holda kapital qurilish va tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish man etiladi;
  • qoidalar buzilganda obyekt demontaj qilinadi, shartnoma bekor qilinadi.

2025-yil oktabr oyi boshigacha mahalliy hokimiyat organlari quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

  • noqonuniy joylashtirilgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish;
  • ularni qonuniylashtirish yoki hududlarni bo‘shatish;
  • tasdiqlangan sxemalar va dizayn-kodlarni rasmiy veb-saytlarda e’lon qilish.

Qaror, shuningdek, tadbirkorlar faoliyatini qonuniylashtirish borasida hokimiyat organlarining manfaatdorligini oshirish maqsadida ijara to‘lovlarini davlat tuzilmalari va mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlash mexanizmini nazarda tutadi.

Yangi tartib natijasida quyidagilar kutilmoqda:

  • mahallalar va ko‘chalarda tadbirkorlik faolligining o‘sishi;
  • norasmiy ijarani qisqarishi;
  • shaharlarning tashqi qiyofasini yaxshilanishi;
  • byudjetlarga tushumlarning ko‘payishi.

Bunda ijara mulkka egalik huquqini bermaydi, kapital qurilishni amalga oshirishga ruxsat etmaydi va ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Iyul oyida O‘zbekistonda 1,24 mlrd kVt/soat “yashil” energiya ishlab chiqarildi
/
Iyul oyida O‘zbekistonda 1,24 mlrd kVt/soat “yashil” energiya ishlab chiqarildi
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilmoqda
/
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilmoqda
Chet ellik IT-gigantlar O‘zbekistonda yarim yilda 78 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
/
Chet ellik IT-gigantlar O‘zbekistonda yarim yilda 78 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi