1-dekabrdan tadbirkorlar uchun yangi kafillik va imtiyozlar joriy etiladi

Kelgusi yildan olis hududlardagi tadbirkorlarning kreditlari kompensatsiya qilinadi

1-dekabrdan tadbirkorlar uchun yangi kafillik va imtiyozlar joriy etiladi

2025-yil 1-dekabrdan boshlab tadbirkorlar uchun qo‘shimcha kafolat va kafilliklar taqdim etilishi belgilandi.

Yirik tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha, lekin kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50% idan oshmagan miqdorda kafillik beriladi. O‘rta va yirik biznesning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi loyihalariga esa ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 mlrd so‘mdan ortiq miqdorda kafillik berilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, oldin kafillikdan samarali foydalangan va ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun amaldagi miqdor 1,5 baravargacha oshiriladi.

2026-yil 1-yanvardan olis va borish qiyin hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kichik va o‘rta tadbirkorlarning kreditlari mos ravishda 1,5 mlrd va 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismini Markaziy bank stavkasidan 4 punkt yuqori stavkagacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, kamabag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolari tadbirkorlik subyektlarida band qilingan hollarda, kamida 5 nafar xodim ishga jalb etilganda – 2% gacha, 10 nafar bo‘lsa – 4% gacha, 20 nafar bo‘lsa – 6% gacha qayta moliyalashtirish imtiyozlari qo‘llaniladi.

Kapital.uz avvalroq ayni shu qaror bilan kelgusi ikki yilda 4 trln so‘mlik 5 mingta tadbirkorlik loyihalari moliyalashtirilishi haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi