Tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor aprelgacha uzaytirildi

Bu mart oyida havo haroratining pasayishi bilan bog’liq

Tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor aprelgacha uzaytirildi

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 1-aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qonunchilikka ko‘ra, 1-martdan boshlab isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.

“Biroq, mart oyida havo haroratining pasayishi, ayrim kunlari tunda va kunduzi 0°C darajadan tushishi va odatdagidan sovuqroq bo‘lishi kutilmoqda. Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida, Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 2025-yil 1-apreliga qadar uzaytirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, imtiyozli davrda (noyabr-fevral oylari) aholi tabiiy gaz uchun quyidagi shkala bo‘yicha to‘lov qilishi belgilangan:

  • oyiga 500 kub metrgacha — 650 so‘m;
  • oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha — 1500 so‘m;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha — 1950 so‘m;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha — 2275 so‘m;
  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori — 2600 so‘m.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida imtiyozli davr oktabr – fevral oylari hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston korxonalariga tozalash uskunalari uchun to‘lovlarning 70%i qaytariladi
/
O‘zbekiston korxonalariga tozalash uskunalari uchun to‘lovlarning 70%i qaytariladi
Kartadan kartaga pul o‘tkazmalarida to‘lov maqsadini ko‘rsatishni talab qilish boshlandi
/
Kartadan kartaga pul o‘tkazmalarida to‘lov maqsadini ko‘rsatishni talab qilish boshlandi
Yanvar oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $5,8 mlrdni tashkil etdi
/
Yanvar oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $5,8 mlrdni tashkil etdi