«Doppelmayr» Surxondaryo viloyatida kanat yo‘li qurishni rejalashtirmoqda

Loyiha 10 mln yevroga baholanmoqda

«Doppelmayr» Surxondaryo viloyatida kanat yo‘li qurishni rejalashtirmoqda

Avstriyaning «Doppelmayr» kompaniyasi Surxondaryo viloyatida kanat yo‘li qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Vengriyaning O’zbekistondagi elchixonasi yordamida tashkil etilgan ish safari chog’ida Avstriyaning «Doppelmayr» kompaniyasi va Denov tumanidagi «Denov oltin don» mahalliy korxonasi 10 mln yevroga kanat yo‘li qurish to’g’risida bitim imzoladilar.

Daraning tepasida kuzatuv maydonchasi, kichik mehmon uylari, restoran, ot va tuya minish imkoniyati, shuningdek, sport, oilaviy sayr qilish, selfi lahzalari, o’yinlar va raqslar uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Yaqin kelajakda uzunligi 1200 metr bo’lgan kanat yo‘li qurilishini boshlash rejalashtirilgan. Obyekt joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Surxondaryo viloyati hukumati matbuot xizmati xabar berishicha, uch kunlik tashrif natijasida jami $124,2 mlnlik 18 ta hujjat imzolangan. Ular orasida oltita hamkorlik shartnomasi, to’qqizta investitsiya shartnomasi va uchta import shartnomasi mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 661 mingdan ortiq fuqaro kripto platformalarda ro‘yxatdan o‘tdi
/
O‘zbekistonda 661 mingdan ortiq fuqaro kripto platformalarda ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekistonda mayning faoliyati uchun ilk litsenziya berildi
/
O‘zbekistonda mayning faoliyati uchun ilk litsenziya berildi
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan