Surxondaryo viloyatida qariyb 1 trln so‘mlik “Denov City” turar joy massivi quriladi

Olti yil davomida 3,5 ming xonadonli uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, dam olish va sport markazlari barpo etiladi

Surxondaryo viloyatida qariyb 1 trln so‘mlik “Denov City” turar joy massivi quriladi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida “Denov City” turar-joy majmuasini barpo etish bo‘yicha 980 mlrd so‘mlik loyiha ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Olti yil ichida 3,5 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, shuningdek, dam olish va sport markazlari qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha Prezident topshirig‘iga asosan, aholi sonining o‘sishi va urbanizatsiya jarayonlarini hisobga olgan holda, qulay yashash sharoitlarini ta’minlash hamda infratuzilmani rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bunday tashabbuslаr aholining turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi