O’zbekiston 2030 yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi
Sun’iy intellektga tayyorlik indeksida Respublika birinchi 50 talikka kiritiladi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Prezident “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Unga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish bo‘yicha erishish lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar, intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini $1,5 mlrdga yetkazish belgilangan.
YAIDXPda sun’iy intellekt asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10% yetkazish, bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish topshirildi.
Shuningdek, hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida O‘zbekistonni birinchi 50 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish ham koʻrsatib oʻtildi.
2025-yil 1-sentyabrgacha esa loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko‘rgan holda “katta ma’lumotlar” bazasi yaratiladi.
2026-yil 1-maygacha sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan hisoblash quvvatlari ishga tushiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ