Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt boʻyicha startaplarga $100 mln yoʻnaltiriladi

Mablag‘lar davlat tashkilotlari va venchur fondlari o‘rtasida taqsimlanadi

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt boʻyicha startaplarga $100 mln yoʻnaltiriladi

Prezidentning ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellektga yoʻnaltirilgan loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bunday startap loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 2026–2027-yillarda qoʻshimcha $100 mln ajratiladi.

Mablagʻlarning teng yarmi begʻaraz asosda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun yoʻnaltiriladi.

Qolgan $50 mln esa teng ulushlarda “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamgʻarmalari ustav kapitaliga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi sifatida kiritilishi orqali sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalar qoʻllab-quvvatlanadi.

Pullarni “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan taqsimlanishi belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi