Sud Google’ga Chrome va Android’ni saqlab qolishga ruxsat berdi

AQSH Federal sudi kompaniyani asosiy mahsulotlarini sotishga majburlashni rad etdi, biroq ma’lumotlarni raqobatchilar bilan baham ko‘rishga majbur qildi

Sud Google’ga Chrome va Android’ni saqlab qolishga ruxsat berdi

Google monopoliyaga qarshi ish bo‘yicha sudda qisman g‘alaba qozondi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Federal sudya Amit Mehta texnologiya gigantini o‘zining Chrome brauzeri va Android operatsion tizimini sotishga majburlamaydigan qaror chiqardi. Biroq, u Google’ni onlayn qidiruv bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida ma’lumotlarni raqobatchilar bilan ulashishga majbur qildi.

Sudya, shuningdek, Google’ga Apple bilan kelishuvini saqlab qolishga ruxsat berdi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, kompaniya Apple qurilmalarida asosiy qidiruv tizimi bo‘lib qolish uchun har yili $20 mlrd to‘laydi. Qaror e’lon qilinganidan so‘ng Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet aksiyalari 7,2% ga, Apple aksiyalari esa 3% ga ko‘tarildi.

Ushbu qaror Google va AQSH monopoliyaga qarshi idoralari o‘rtasidagi besh yillik sud jarayonining yakuniga aylandi. Tartibga soluvchi organlar kompaniyani onlayn qidiruv va reklama bozorida noqonuniy monopoliya o‘rnatganlikda ayblagan edi. O‘tgan yili sud Google’ni monopolist deb topgan bo‘lsa-da, sudya yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishini inobatga olib, jazo choralari masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashdi.

Mehtaning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt vositalari, xususan ChatGPT suhbat boti allaqachon Google uchun jiddiy raqobat yaratmoqda. Raqobatchilarga ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini berish bu kompaniyalarga o‘z qidiruv tizimlari va brauzerlarini rivojlantirishda yordam berishi mumkin.

Avvalroq AQSH Adliya vazirligi suddan Google’ga nisbatan qat’iy monopoliyaga qarshi choralar ko‘rishni talab qilishni rejalashtirgan edi. Ushbu talablar orasida eng muhimi kompaniyani Chrome brauzerini sotishga majbur qilish edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi