O’zbekistonda bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan o’quv markazlarga subsidiya ajratiladi

Shuningdek, yoshlar uchun xalqaro IT-sertifikatlarini o'qitish va olish xarajatlarining 60% gacha kompensatsiya joriy etiladi

O’zbekistonda bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan o’quv markazlarga subsidiya ajratiladi

O’zbekistonda 1 martdan boshlab o’quv markazlariga bir martalik subsidiyalar berila boshlaydi. Bu prezdientning raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlashni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qaroridan ma’lum bo’ldi.

Yangi chora-tadbirlarga ko’ra, o’quv yurtlari IT-xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyaga ishga kirgan har bir bitiruvchisi uchun 75 BHM (25,5 mln so’m) gacha va nogiron bitiruvchini ishga joylashtirishda 105 BHM (35,7 mln so’m) gacha subsidiya oladi.

Bundan tashqari, yoshlar uchun xalqaro IT-sertifikatlarni o’qitish va olish xarajatlarining 60 % gacha kompensatsiya joriy etildi. Shuningdek, ingliz tili B2 darajasidan past bo’lmagan yoshlar uchun xalqaro IT sertifikatlari xarajatlarini to’liq qoplash ko’zda tutilgan. Ushbu o’zgarishlarning barchasi bitiruvchilar o’rtasida raqamli ko’nikmalarni rivojlantirishni rag’batlantirish va ularni IT sohasida ish bilan ta’minlashni osonlashtirishga qaratilgan.

Subsidiya olish hamda xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish va ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul ko‘rsatiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
/
Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
/
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi
/
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi