Starlink 2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Avvalroq sun’iy yo‘ldosh internetini joriy qilish 2023-yildan 2025-yilga ko‘chirilgandi

Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmatining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xizmat O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushishi kutilmoqda.
SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmatining yo‘l xaritasi O‘zbekistonda xizmatni ishga tushirish muddati keyinga surilganini ko‘rsatmoqda. Dastlab 2023-yilga rejalashtirilgan ishga tushirish muddati keyinchalik 2025-yilga o‘zgartirilgan bo‘lib, hozirda 2026-yilga belgilangan.
Amerikalik milliarder Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasi 2022-yilda O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Joriy yilning 13-avgustdan Starlink rasman Qozog‘istonda o’z xizmatlarini taqdim eta boshladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ