“O‘zsanoatqurilishbank” ning 2025-yilda sof foydasi 400 mlrd so‘mdan oshdi

Bankning foizli daromadlari pasaygan bo‘lsa ham, kredit zaxiralari 1,2 trln so‘mga ko‘paydi

“O‘zsanoatqurilishbank” ning 2025-yilda sof foydasi 400 mlrd so‘mdan oshdi

“O‘zsanoatqurilishbank” ning 2025-yil I choragi yakunlariga ko‘ra sof foydasi 404,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Korporativ axborot milliy agentligi ma’lumotlaridan paydo bo’ldi. Ko’rsatkich bu esa 2024-yilning shu davriga nisbatan 18,9% ga ko‘p hisoblanadi. 

Bankning foizli daromadlari 1,0% ga kamayib, 2,5 trln so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, kredit va lizing operatsiyalari bo‘yicha ehtimoliy zararlar uchun ajratilgan zaxiralar hajmi 885,5 mlrddan 1,2 trln so‘mga ko‘paydi.

2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra bankning kredit portfeli 66,6 trln so‘mni tashkil etib, yillik ifodada 15,9% o‘sishni qayd etdi. Shu bilan birga, muammoli kreditlar (NPL) ulushi esa 4,3% dan 4,4% gacha oshdi.

Bankning so‘nggi uch oy davomidagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari quyidagicha:

  • EPS (aksiya foydasi): 5,6 so‘m
  • Book value (aksiya balans qiymati): 42,8 so‘m
  • P/E (narx/foyda): 1,67
  • P/B (narx/balans): 0,22
  • ROE (o‘z kapitalidan daromad): 13,2%
  • ROA (aktivlardan daromad): 1,5%
  • D/E (qarz/o‘z kapitali): 7,98
  • TTM (oxirgi 12 oy foydasi): 9,41 so‘m

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda