O‘zbekistonda olti oy davomida sotilmagan obyektlar 10-yil muddatga ijaraga beriladi

To‘rt yil davomida ijara pulini vaqtida to‘lagan tadbirkorlarga joy xususiylashtirib beriladi

O‘zbekistonda olti oy davomida sotilmagan obyektlar 10-yil muddatga ijaraga beriladi

Yangi farmonga ko‘ra, 1-martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10-yilga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi

Avval xabar berilganidek, bugun 7-fevral kuni Prezident Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Ta’kidlanishicha, to‘rt yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.

Yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamasligi belgilandi.

Buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi.

Biroz avval 2028-yilgacha servis kompaniyalarida ijtimoiy soliq 1% miqdorida qolishi, ammo bu tartib 3 mln so‘m oylik oladigan 30 yoshgacha ishchilarga qo‘llanilishi haqida xabar berilgandi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda avtokredit stavkalari 4% ga pasayishi mumkin
/
O‘zbekistonda avtokredit stavkalari 4% ga pasayishi mumkin
2028-yilgacha servis kompaniyalarida ijtimoiy soliq 1% miqdorida qoladi
/
2028-yilgacha servis kompaniyalarida ijtimoiy soliq 1% miqdorida qoladi
Nazorat kengashi Uzum Bank boshqaruvi raisini tanladi
/
Nazorat kengashi Uzum Bank boshqaruvi raisini tanladi