14 ta xalqaro moliya tashkilotiga so‘mda obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berildi

Toshkent fond birjasida jalb qilingan mablag‘lar faqat O‘zbekistondagi investitsiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi

14 ta xalqaro moliya tashkilotiga so‘mda obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) O‘zbekiston milliy valyutasida qimmatli qog‘ozlar chiqarish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy moliya institutlari ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Kapital bozori regulyatori quyidagi 14 ta xalqaro moliya tashkilotini ro‘yxatga kiritdi:

  • Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ);
  • Jahon banki;
  • Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB);
  • Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);
  • Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MIGA);
  • Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA);
  • Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB);
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB);
  • Yevropa investitsiya banki (YIB);
  • Yevropa investitsiya jamg‘armasi (YIJ);
  • Islom taraqqiyot banki;
  • Yevropa Kengashi taraqqiyot banki;
  • Osiyo taraqqiyot banki (OTB);
  • Yevroosiyo taraqqiyot banki.

Mazkur qaror 2025-yil avgust oyida tasdiqlangan xorijiy moliya institutlarining qimmatli qog‘ozlarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga asoslanadi. Ushbu qoidalar ipoteka bozori va uy-joy qurilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan prezident farmoni ijrosini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.

Belgilangan tartibga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan tashkilotlar so‘mda qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarib, ularni “Toshkent” respublika fond birjasida joylashtirishi mumkin. Jalb qilingan mablag‘lar faqat O‘zbekiston hududidagi investitsiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Davlat organlari bunday emissiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni soddalashtirilgan tartibda 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Bunda emissiya parametrlarini oldindan tasdiqlash talabi qo‘yilmaydi.

Mazkur obligatsiyalarning muomala muddati 12 oy bilan cheklanadi. Vakolatli organ bilan kelishilgan holda ular soddalashtirilgan tartibdagi birja obligatsiyalari shaklida ham chiqarilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank banklarga kredit sug‘urta pullarini qaytarish tartibini ochiqlashni buyurdi
/
Markaziy bank banklarga kredit sug‘urta pullarini qaytarish tartibini ochiqlashni buyurdi
Toshkentda anomal issiq sabab elektr ta’minotida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin
/
Toshkentda anomal issiq sabab elektr ta’minotida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin
Toshkentdagi pullik avtoturargohlarni boshqarish huquqi 20,9 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentdagi pullik avtoturargohlarni boshqarish huquqi 20,9 mlrd so‘mga sotildi