Soliq qo‘mitasi 2025-yilda tekshiruvlarda $3 mlrdlik tafovutlarni aniqladi

Tafovutlarning yarmidan ko‘pi QQS bo‘yicha bo‘lib, yetakchi sohalar — umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar

Soliq qo‘mitasi 2025-yilda tekshiruvlarda $3 mlrdlik tafovutlarni aniqladi

2025-yilda Soliq qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasida jami $3 mlrdga teng soliq tafovutlari aniqlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘tgan yil davomida 45,3 ming nafar soliq to‘lovchi kameral tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 42% ga oshgan. Mazkur tekshiruvlar mamlakatdagi jami soliq to‘lovchilarning qariyb 8% ini qamrab olgan.

Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, 36,8 trln so‘mlik soliq tafovutlari aniqlanib, soliq to‘lovchilarga tegishli talabnomalar yuborilgan. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida 2,39 baravarga oshgan.

Hududlar kesimida eng katta tafovutlar Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 9,57 ming nafar soliq to‘lovchi tekshirilib, 14,6 trln so‘mlik (jami hajmning qariyb 40%) tafovut aniqlangan. Keyingi o‘rinlarda yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha Hududlararo soliq inspeksiyasi (6,63 trln so‘m), Toshkent viloyati (3,76 trln so‘m) va Andijon viloyati (3,64 trln so‘m) qayd etilgan. Qolgan hududlarda aniqlangan tafovutlar hajmi 1 trln so‘mdan kamni tashkil qilgan.

Soliq turlari bo‘yicha eng katta ulush qo‘shilgan qiymat solig‘iga (QQS) to‘g‘ri kelib, uning hajmi 18,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 2,45 baravarga oshgan.

Shuningdek, foyda solig‘i bo‘yicha 10,9 trln so‘mlik (+71,3%), aksiz solig‘i bo‘yicha 3,5 trln so‘mlik, mol-mulk solig‘i bo‘yicha 1,3 trln so‘mlik, boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha esa 2,34 trln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Tarmoqlar kesimida eng katta soliq tafovutlari umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasida qayd etilib, bu yo‘nalishlarda 17,7 trln so‘mlik tafovut aniqlangan. Ishlab chiqarish sohasida bu ko‘rsatkich 8,1 trln so‘mni (3,15 baravar o‘sish), qurilishda 4,2 trln so‘mni (+72,1%), transportda 2,9 trln so‘mni (4,44 baravar), qishloq xo‘jaligida esa 1,2 trln so‘mni (+57,8%) tashkil etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 4% ga tushdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 4% ga tushdi
2025-yilda O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy narxlari 8% ga oshdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy narxlari 8% ga oshdi
Safia Turkmaniston va Ozarbayjon bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda
/
Safia Turkmaniston va Ozarbayjon bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda