Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi

Videoqayd faqat rasmiy buyruq asosida amalga oshiriladi va tadbirkor faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak

Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda soliq nazorati tadbirlarini videotasvirga olish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, soliq tekshiruvlari davomida jarayon videoga olinadi. Videoqayd soliq obyektlarini hisobga olish, xronometraj o‘tkazish, xodimlar sonining soliq hisobotlaridagi ma’lumotlar bilan mosligini tekshirish kabi holatlarga taalluqlidir.

Shuningdek, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallaridan foydalanish, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi ham videoyozuv orqali qayd etiladi.

Videoqayd faqat soliq organi rahbari yoki uning o‘rinbosarining rasmiy buyrug‘i asosida boshlanishi mumkin. Bunda tasvirga olish jarayoni tadbirkorning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi va zarar yetkazmasligi shart.

Tekshiruv yakunida tuziladigan dalolatnomada foydalanilgan qurilmaning rusumi va seriya raqami hamda tasvirga olingan holatlar haqida batafsil ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
/
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi
/
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi