YATT xodimlari tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytiriladi
Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini o‘rnatgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari beriladi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
“Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
- YATT xodimlari tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytiriladi;
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQSdan ozod etiladi;
- shaharlar chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘ini ikki baravar miqdorida hisoblash tartibi bekor qilinadi;
- soliq to‘lovchilar bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlarini soliq organlariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.
Shuningdek, noshirlik-matbaa faoliyati, axborot texnologiyalari, ta’lim muassasalarining o‘quvchilari tadbirkorlarga hamkorligida ishga joylashtiriladi. Yoshlarni avtomobil yo‘llaridagi ko‘chma savdo obyektlari orqali tovarlarni realizatsiya qilishga jalb etish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan kam ta’minlangan oila a’zolarini ishga qabul qilish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash sohalarida vaqtinchalik soliq imtiyozlari joriy etilishi kutilmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari beriladi.
Bundan tashqari “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida soliq imtiyozlari belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ