“Soliq” mobil ilovasi xavfsizlikni oshirish maqsadida yangilandi
Soliq qo‘mitasi foydalanuvchilarga 1-dekabrga qadar dasturning so‘nggi versiyasini o‘rnatishni tavsiya qilmoqda
“Soliq” mobil ilovasi xavfsizlikni oshirish maqsadida texnik profilaktikadan o‘tkazildi. 1-dekabrdan boshlab ilovaning eski versiyasidan foydalanish imkoni bo‘lmaydi, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi.
Qo‘mita “Soliq” mobil ilovasida xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan profilaktika ishlarini yakunladi. 4-noyabr kuni kechqurun foydalanuvchilarda ilovaga kirish bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan.
Shu munosabat bilan Soliq qo‘mitasi fuqarolarga ilovaning yangilangan versiyasini o‘rnatishni tavsiya qildi. Unda kiberxavflardan samarali himoya qilish uchun xavfsizlik sertifikatlari yangilangan.
Bundan tashqari, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston hududidan tashqarida joylashgan foydalanuvchilar 1-dekabrgacha ilovadan vaqtincha foydalana olmaydi.
Ko‘rsatilgan sanadan boshlab, ya’ni 1-dekabrdan “Soliq” ilovasining eski versiyalaridan foydalanish to‘liq to‘xtatiladi. Qo‘mita soliq to‘lovchilardan va fuqarolardan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ