Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi

Shuningdek, vagonlar va konteynerlarni ijara asosida foydalanishga berish xizmatlari QQSdan ozod qilinadi

Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi

Qo‘shimcha manbalardan daromad oluvchi byudjet tashkilotlari uchun belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi 2027-yilning 1-yanvarigacha uzaytiriladi. Bu haqida Adliya vazirligi ma’lum qilmoqda.

Jami daromadning chegaraviy miqdorini 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mga oshiriladi. Ushbu daromad mavjud bo‘lganda soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘liq chorak o‘tganidan keyin to‘laydi. 

Shuningdek, prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan beriladigan byudjet subsidiyalari jami daromad tarkibiga kiritilmaydi. 

O‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga nisbatan foyda solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik (2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha) soliq imtiyozlari berilmoqda. 

Bundan tashqari, protez moslamalari va ularning ehtiyot qismlarini 2027-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonga olib kirish, shuningdek, vagonlar va konteynerlarni ijara asosida foydalanishga berish xizmatlari 2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha QQSdan ozod qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
/
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi
/
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi
O’zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi