O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga 41 trln so‘m ajratadi

Shuningdek, kelasi yilda tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga 41 trln so‘m ajratadi

2025-yilda sog‘liqni saqlash sohasiga 41 trln so‘m ajratilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Prezident matbout xizmati xabar berdi

Ajratilgan mablag‘lar yangi shifoxonalarni qurish va jihozlash, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda aholini profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olishni oshirishga yo‘naltiriladi.

2024-yilda sohaga 36 trln so‘m ajratilgan edi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25% ko‘p hisoblanadi. 

Shuningdek, kelgusi yil tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi. Oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama to‘lash tartibi joriy qilinadi. Hududlarda ustuvor loyihalar amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida davlat tibbiy sug‘urtasi bo‘yicha pilot loyihalar ishga tushiriladi.

Markazlashgan laboratoriya xizmatlari kengaytiriladi. “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etilib, tibbiy jihozlardan foydalanish elektron tizim orqali nazorat qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi