Soʻzlardan harakatlar tomon: CDTI va Uzcard maxsus narxda “Qulay terminal” dasturini ishga tushirdi 

Dastur qonunchilik talablariga toʻliq muvofiqlikni ta’minlaydi

Soʻzlardan harakatlar tomon: CDTI va Uzcard maxsus narxda “Qulay terminal” dasturini ishga tushirdi 

Bozorda hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolanganidan soʻng yangi mahsulotlarni yoʻlga qoʻyish jarayoni odatda uzoq vaqt kelishiladi. CDTI kompaniyasi va Uzcard toʻlov tizimi boshqacha yoʻl tutishga qaror qildi. Strategik kelishuvlarni imzolagandan atigi bir necha kun oʻtib, hamkorlar qoʻshma yoʻl xaritasini (roadmap) amalda tatbiq etishga oʻtdi hamda “Qulay terminal” dasturini ishga tushirdi.

Asosiy maqsad — hoziroq tadbirkorlarga amalda yordam koʻrsatish. Kompaniyalar kichik va oʻrta biznes uchun barqaror va iqtisodiy jihatdan foydali ekvayring modelini yaratish maqsadida oʻz manbalarini birlashtirishdi.

Ekvayring tarmogʻi bozorga sarmoya sifatida

Har qanday biznesni boshlash yoki kengaytirish yuqori infratuzilma xarajatlari bilan bogʻliq. Toʻlovlarni qabul qilish uchun qurilmalarni xarid qilishda tadbirkorlar koʻpincha qiyinchiliklarga duch kelishadi. CDTI bozorga nafaqat yechimlar ta’minotchisi, balki butun mamlakat boʻylab ekvayring tarmogʻini rivojlantirishga tayyor tizimli infratuzilma oʻyinchisi sifatida kiradi.

Qo‘shma dastur doirasida zamonaviy “3 tasi 1 da” P10 POS-terminalining narxi 990 000 so‘m deb belgilandi. Bu bozor dempingi yoki bir martalik marketing aksiyasi emas. Bunday imkoniyat faqat CDTI va Uzcard kompaniyalarining manbalari va malakalarini birlashtirishi orqali haqiqatga aylandi. Aslida, bu hamkorlarning kichik va o‘rta biznesga bevosita investitsiyasi hisoblanadi: kompaniyalar tadbirkorning boshlang‘ich moliyaviy yukini minimal darajada saqlash uchun ekvayring modelini shakllantirish maqsadida ongli ravishda uskunalar narxini subsidiyalashtirmoqda.

Biznesni boshlash uchun shaffof shartlar

“Qulay terminal” bu — majmuaviy “tayyor yechim”, u ilk kunlardanoq qonunchilik talablariga toʻliq muvofiqlikni ta’minlaydi.

Ulanish uchun bir martalik toʻlov narxi — 1 690 400 soʻm va bu aksiyada ishtirok etishning majburiy sharti sanaladi. Narx ichiga quyidagilar kiradi:

  • Qurilmaning imtiyozli narxi (990 000 soʻm);
  • 3 oy oldindan toʻlangan “Start” tarifi;
  • Onlayn-NKMni toʻliq sozlash;
  • Bepul roʻyxatdan oʻtish va Uzcard protsessingiga ulanish.

Paket shunday tarzda tuzilganki, tadbirkor faoliyatning birinchi oylaridanoq barcha turdagi toʻlovlar qabulini kutilmagan xarajatlarsiz ishga tushira oladi.

Yoʻl xaritasi amalda: qat’iy limitlar

“Qulay terminal” dasturining ishga tushirilishi Uzcard bilan ma’qullangan roadmap’da ilk qadam boʻlib xizmat qiladi. Kompaniyalar tasdiqlaydi: strategik rejalarni tuzishdan ularni bozorda tatbiq etishgacha atigi bir necha kun yetarli.

Biroq ushbu tashabbusning aniq belgilangan chegarasi bor. Bozorda ekvayring tarmogʻini kengaytirish boʻyicha birinchi bosqich uchun roppa-rosa 3000 dona POS-terminal ajratilgan. Uchbu cheklangan miqdor talablarni tezkor qondirish va har bir ishtirokchi uchun kafolatlangan servis xizmatini ta’minlash uchun koʻzda tutilgan.

Dastur allaqachon ishga tushirilgan hamda kichik biznes tomonidan talabning yuqoriligi taklif qilinayotgan shartlarning dolzarbliligini isbotlaydi. 3000 ta terminal miqdorini hisobga oladigan boʻlsak, ajratilgan qurilmalar hozirdanoq tadbirkorlar tomonidan faol band qilinmoqda.

Maxsus narxdagi terminallar soni qat’iy cheklangan. Biznesingiz uchun imtiyozli ulanish shartlarini qoʻlga kiritish uchun saytda ariza qoldiring.

Sayt: promo990.smartpos.uz/
Instagram: @smart_business_uz 
Telegram: t.me/smartbusiness_uz

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi UzCars.uz saytini 2025-yilning eng yaxshi avtomobil ommaviy axborot vositasi deb topdi
/
O‘zbekiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi UzCars.uz saytini 2025-yilning eng yaxshi avtomobil ommaviy axborot vositasi deb topdi
Yandex Uzbekistan taksi biznesidagi hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini kengaytirdi
/
Yandex Uzbekistan taksi biznesidagi hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini kengaytirdi
APEXBANK Geely avtomobillari uchun 0% dan boshlab avtokredit taklif etadi
/
APEXBANK Geely avtomobillari uchun 0% dan boshlab avtokredit taklif etadi