Smartbank o‘z nomini Open Bank‘ka o’zgartiradi

Yil boshida bankning 90,2% aksiyalarini “Future Open Technology Group” sotib olgandi

Smartbank o‘z nomini Open Bank‘ka o’zgartiradi

Smartbank nomi Open Bank bo‘lib o‘zgarmoqda. Bu o‘zgarishga 17-iyun kuni o‘tkazilgan bank aksiyadorlarining yig‘ilishida aksiyadorlar rozilik bildirdi.

2025-yilning boshida to‘lov xizmatlari ko‘rsatuvchi “Future Open Technology Group” AJ Smartbank’ning 90,2% aksiyalarini 451 mlrd so‘m evaziga sotib olgandi.

Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya Agrobank bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini Open muddatli to‘lov kartasi bilan boshlagan.

Shuningdek, kompaniya Open Market hamda Open Biznes platformasini ham yo‘lga qo‘ygan.

Mana endi bu ro‘yxatga Open Bank nomli raqamli bank qo‘shilmoqda.

Bu O‘zbekistonda Open nomli yangi moliyaviy ekotizim shakllanayotganini bildiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Quyosh panellari o‘rnatganlarga 63 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi
/
Quyosh panellari o‘rnatganlarga 63 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi
Deputatlar renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
/
Deputatlar renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
Chorvoqda Sea Breeze Uzbekistan loyihasini amalga oshirish loyihasini tasdiqlandi
/
Chorvoqda Sea Breeze Uzbekistan loyihasini amalga oshirish loyihasini tasdiqlandi