Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyatida 2,6 mingdan ortiq tashqi reklamalarini monitoring qildi

Xususan, 12 ta korxona reklama qonunchiligi talablarini buzganligi aniqlagan

Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyatida 2,6 mingdan ortiq tashqi reklamalarini monitoring qildi

Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida jami 2 655 ta tashqi reklama va tashqi targ‘ibot vositalarining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqligini monitoring qildi. Bu haqda Qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 12 ta korxonada reklama qonunchiligi talablarini buzganlik xolatlari aniqlandi. Ular quyidagilar:

  • “SM METAN ELIT OIL” MCHJ;
  • “AVESTA COMFORT ECO-GAZ” MCHJ;
  • “S.U.K. OIL” MCHJ;
  • “AS SIRDARYO SERVIS” MCHJ;
  • “AVTO MAG PETROL” MCHJ;
  • “BERDIYOR XABIB” MCHJ;
  • “MADINABONU ROBIYABONU HAMKOR” MCHJ;
  • “TEX BAZAR GROUP 001” MCHJ;
  • “ROXON XAA” MCHJ;
  • “FARRUX MEDIO SERVIS” XK;
  • “KHIZMAT TRAVEL” MCHJ;
  • “TIRE MAX” MCHJ. 

Hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga ishlar qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oltin quymalari narxi yangi rekord darajaga ko‘tarildi
/
Oltin quymalari narxi yangi rekord darajaga ko‘tarildi
Andijon viloyatidagi qiymati $300 mlnlik “To‘qimachilik sanoat zonasi” qurilishi boshlandi
/
Andijon viloyatidagi qiymati $300 mlnlik “To‘qimachilik sanoat zonasi” qurilishi boshlandi
“HUMO” ga yangi rahbar tayinlanadi
/
“HUMO” ga yangi rahbar tayinlanadi