Yaponiyaning “ITO Corporation” Angrenda sintetik gaz bo‘yicha sinov loyihasini boshladi

Kelgusida bunday qurilmalarni O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham joriy etish rejalashtirilgan

Yaponiyaning “ITO Corporation” Angrenda sintetik gaz bo‘yicha sinov loyihasini boshladi

Yaponiyaning “ITO Corporation” va “Hududgazta’minot” kompaniyalari Angren shahrining “Yangiobod” mahallasida sintetik gazdan foydalanish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyihani “Hududgazta’minot” va Yaponiyaning “ITO Corporation” kompaniyasi amalga oshiradi.

Obyektda propan va havoni aralashtirib, sun’iy metan ishlab chiqaruvchi zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Bugungi kunda bir nechta ko‘p qavatli uylar sintetik gaz bilan ta’minlangan.

Loyiha Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Kelgusida bunday qurilmalarni O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi