Koreyadan O’zbekistonga Xitoy va Qozog’iston orqali o’tadigan birinchi poyezd jo’nab ketdi

Avtomobil qismlari ortilgan poezd to'rt mamlakat bo'ylab 7 ming kilometr masofani bosib o'tadi

Koreyadan O’zbekistonga Xitoy va Qozog’iston orqali o’tadigan birinchi poyezd jo’nab ketdi

26 iyun kuni Lyanyungang portidagi Qozog’iston-Xitoy logistika terminalida Koreya — Xitoy — Qozog’iston — O’zbekiston yo’nalishi bo’yicha sinov rejimida poyezd ishga tushirildi. Bu haqda Qozog’iston temir yo’li matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtomobil ehtiyot qismlari bilan to’ldirilgan poyezd 7 ming kilometr masofani bosib o’tib, bu davlatlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Qozog’iston hududida «KTZ Express» kompaniyasi yo’nalish operatori bo’lgan.

«Sinov rejimida poezdning ishga tushirilishi qo’shma multimodal transportni rivojlantirishga bo’lgan umumiy intilishimizni ko’rsatadi, bu bizning mintaqalarimizda savdo va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi», — dedi «KTZ Express» bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari Ulug’bek Orazov.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vengriyaning «iCell» kompaniyasi Toshkentda «aqlli avtoturargoh» yaratmoqchi
/
Vengriyaning «iCell» kompaniyasi Toshkentda «aqlli avtoturargoh» yaratmoqchi
«UzAuto-Inzi»dagi davlat ulushining 50% sotuvga qo’yildi
/
«UzAuto-Inzi»dagi davlat ulushining 50% sotuvga qo’yildi
O’zbekistonda dollar kursi yana ko’tarila boshladi
/
O’zbekistonda dollar kursi yana ko’tarila boshladi