O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari uchun “Shovot–Toshhovuz” savdo zonasiga vizasiz kirish tartibi joriy etiladi

Hozirda savdo zonasi 6 gektarni tashkil etadi, zarurat tug‘ilganda hudud alohida xalqaro kelishuv orqali kengaytirilishi mumkin

O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari uchun “Shovot–Toshhovuz” savdo zonasiga vizasiz kirish tartibi joriy etiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasiga vizasiz kirish-chiqish huquqiga ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkentda o‘tkazilgan rasmiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazardurdi Agahanov O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi faoliyatining amaliy jihatlarini muhokama qildi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, milliy mahsulotlarni ilgari surish hamda ikki davlat tadbirkorligining rivojlanishi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladigan ushbu qo‘shma savdo markazining huquqiy asoslarini kelishib oldi.

Markazning umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadi: 3 gektar — O‘zbekiston qismi, 3 gektar — Turkmaniston qismi. Zarurat tug‘ilganda hudud alohida xalqaro kelishuv orqali kengaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Toshkentdagi uchrashuvda “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasini masofadan turib ishga tushirdi. Shunday hududlarni boshqa tumanlarda ham ochish reja qilinyapti. Tovar ayirboshlashni 2 barobar oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash ham muhokama qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitkoin narxi $92 mingdan pastladi
/
Bitkoin narxi $92 mingdan pastladi
O‘zbekistonda har oltinchi xaridor yangi uyni ipoteka krediti asosida sotib olmoqda
/
O‘zbekistonda har oltinchi xaridor yangi uyni ipoteka krediti asosida sotib olmoqda
O‘zbekistonda bank aktivlarining 65% qismi kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda bank aktivlarining 65% qismi kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi — Markaziy bank