Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi 31-avgustgacha yopildi

Cho‘ponota ko‘chasidan Mirobod ko‘chasigacha bo‘lgan qismda avtobus yo‘nalishlari ham o‘zgartirildi

Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi 31-avgustgacha yopildi

Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida uning bir qismida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi.

Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidan (“Birodarlik qabrlari” yodgorligi) to Shota Rustaveli ko‘chasining Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha (“Grand Mir” mehmonxonasi aylanasi) bo‘lgan qism yopiladi.

Cheklov 24-avgustdan 31-avgustgacha amal qiladi.

Toshkent shahri Transport bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, yuqoridagi sabab bilan ushbu manzil orqali harakatlanayotgan avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtincha quyidagicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritildi:

  • 12, 45-sonli yo‘nalishlar harakati Bobur, Kichik halqa yo‘li, Qushbegi, Muqimiy, Bobur ko‘chalari orqali bir tomonlama aylanma ko‘rinishda;
  • 18-sonli yo‘nalish harakati Muqimiy, Arnasoy, Cho‘pon ota ko‘chalari orqali;
  • 33-sonli yo‘nalish harakati Cho‘pon ota S.Sirojiddinov, Shoxjaxon, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 126-sonli yo‘nalish harakati Sh. Rustaveli, Cho‘pon ota, Bog‘i Bo‘ston, At-Termiziy, O‘rikzor, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 69, 114-sonli yo‘nalishlar harakati Kichik halqa yo‘li orqali Bog‘i Bo‘ston va Cho‘pon ota ko‘chlari orqali harakatlanmagan holda;
  • 38, 40, 57, 58-sonli yo‘nalishlar harakati Kichik halqa Janubiy vokzal bekatidan Kichik halqa yo‘liga harakatlangan holda;
  • 67-sonli yo‘nalishning ikki tomonlama harakati Shaxrisabz, Oybek, Nukus, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 81, 98-sonli yo‘nalishlar Yusuf Xos Hojib, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 2, 80, 94, 127-sonli yo‘nalishlar Muqimiy ko‘chasining Bobur ko‘chasidan Sh. Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi qismi orqali o‘zgartirildi.
  • 135-sonli yo‘nalish harakati Muqimiy ko‘chasidagi “Muqimiy ko‘chasi” bekatida qisqartirildi.

Rekonstruksiya ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentda KHAYdagi xo‘jalik quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 18-avgustdan boshlab shu manzil orqali yuradigan jami 15 ta avtobus yo‘nalishi harakatiga vaqtincha o‘zgartirishlar kiritilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzbekistan Airports” tender bekor qilinganligi to‘g‘risida izoh berdi
/
“Uzbekistan Airports” tender bekor qilinganligi to‘g‘risida izoh berdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi
/
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi
O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank