O’zbekiston va Dog’iston $1 mlnlik shisha tolali zavodni ishga tushirdi

Kutilayotgan oylik ishlab chiqarish hajmi $200 mingdan oshadi

O’zbekiston va Dog’iston $1 mlnlik shisha tolali zavodni ishga tushirdi

Joriy yilning avgust oyida O’zbekiston va Dog’iston to’qimachilik shisha tolasini ishlab chiqarish uchun “Asadbek Glass Fiber” qo’shma korxonasini ishga tushirdi. Bu haqda “Dog’iston RIA” xabar beradi.

Ishlab chiqarish uchun xom ashyo “Kaspiy kompozit” kompaniyalar guruhiga kiruvchi Rossiyaning “Kaspiy Glass” kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. Dog’iston kompaniyasi ishlab chiqarishni boshlash va mahalliylashtirish uchun maxsus uskunalar bilan ta’minladi. 

Mamlakat $538,6 ming, Dog’iston tomoni esa $545,3 ming sarmoya kiritdi. Kutilayotgan oylik ishlab chiqarish hajmi $218,1 mingga baholanmoqda. 

Jarayonni yo’lga qo’yish uchun O’zbekistondan 30 ga yaqin xodim Dog’istondagi shisha korxonasi negizida tahsil oldi.

Iyul oyida O’zbekistonda to’qimachilik shisha tolasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Asadbek Glass Fiber” nomli qo’shma loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi