2025-yil 1-iyuldan ayrim shifokorlarga 25% dan 100% gacha ustama to‘lanadi

Yil yakunigacha hududlarda aholi “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi

2025-yil 1-iyuldan ayrim shifokorlarga 25% dan 100% gacha ustama to‘lanadi

2025-yil 1-iyuldan respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida maxsus ko‘nikmalarni talab qiladigan davolash choralarini ko‘rgan hamda yuqori xavf darajasiga ega bo‘lgan amaliyotlarni samarali amalga oshirgan shifokorlarning oylik maoshlariga 25% dan 100% gacha ustama to‘lanadi. Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.

2025-yil 15-iyungacha Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025-yil yakunigacha qolgan hududlarda aholi “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda tibbiyot brigadalariga biriktiriladi.

Shuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, 2025-yil 1-iyundan Dastur doirasida qisqa muddatda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi, jumladan:

  • tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, o‘rindiqlar bilan ta’minlanadi;
  • aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi;
  • “Ona va bola” xonalari tashkil qilinadi, xonalar va yo‘laklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda bank kartalari soni 63,7 mln donaga yetdi
/
O‘zbekistonda bank kartalari soni 63,7 mln donaga yetdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston to‘rtta yangi chegara postida kichik yuk mashinalari harakatiga ruxsat beradi
/
O‘zbekiston va Qozog‘iston to‘rtta yangi chegara postida kichik yuk mashinalari harakatiga ruxsat beradi
Vengriyaning IT kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
/
Vengriyaning IT kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi