ACWA Power Qoraqalpog’istonda $262 mlnlik shamol elektr stansiyasini qurishni rejalashtirgan

Uning quvvati 200 MVt bo'ladi

ACWA Power Qoraqalpog’istonda $262 mlnlik shamol elektr stansiyasini qurishni rejalashtirgan

Saudiya Arabistonida joylashgan ACWA Power kompaniyasi Qoraqalpog’istonda $262,65 mlnlik shamol elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

28 mart kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko’magida O’zbekiston hukumati va ACWA Power davlat-xususiy sheriklik (DXSh) doirasida 200 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi va 100 MVt quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimini qurish to’g’risida shartnoma tuzdi.

Shuningdek, birinchi chorakda umumiy qiymati $311,65 mln bo’lgan 25 ta davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolandi.Qo’shimcha ravishda suv ta’minoti sohasida $26,38 mlnlik davlat-xususiy sheriklik to’g’risidagi 10 ta bitim, ta’lim sohasida $20,46 mlnlik to’qqizta bitim va madaniy sohani rivojlantirishga oid $2,14 mlnlik beshta bitim imzolandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekiston meva va sabzavotlarni qariyb $300 mlnga eksport qildi
/
O’zbekiston meva va sabzavotlarni qariyb $300 mlnga eksport qildi
O’zbekiston $8 mlrdlik xorijiy investitsiyalarni o’zlashtiradi
/
O’zbekiston $8 mlrdlik xorijiy investitsiyalarni o’zlashtiradi
O’zbekiston to’qimachilik eksportidan $1 mlrd daromad oldi
/
O’zbekiston to’qimachilik eksportidan $1 mlrd daromad oldi